English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Farg‘onada hapkido bo‘yicha Osiyo ochiq chempionati o‘tkaziladi
15:12 / 2022-06-29

Farg‘ona shahrida joriy yilning 1-2 iyul kunlari hapkido sport tyri bo‘yicha Osiyo ochiq chempionati bo‘lib o‘tadi.

Farg‘ona viloyati hokimligi, Sportni rivojlantirish vazirligi, Adliya vazirligi va Hapkido federatsiyasi hamkorligida tashkil etilayotgan musobaqa kattalar, yoshlar va o‘smirlar o‘rtasida o‘tkaziladi.  

“Samo” sport majmuasida bo‘lib o‘tadigan mazkur chempionatda yurtimiz vakillaridan tashqari, Koreya, Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Armaniston, Belarus, Isroil, Hindiston, Nepal, Shri-Lanka kabi davlatlardan qariyb 400 nafar sportchilar ishtirok etishi kutilmoqda. Qit’a chempionati doirasida Farg‘onaga Xalqaro Hapkido federatsiyasi prezidenti O Se Lim, Koreya Hapkido federatsiyasi vitse-prezidenti Kim Bom Chul hamda bosh sekretari Sun Duk Be tashrif buyuradi.  

Koreys jang san’ati Hapkido – jang san’atlari orasida taekvondo va dzyudodan keyin uchinchi o‘rinda turadigan sport turi hisoblanadi. 

M. Sulaymonov, O‘zA