French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Farg‘onada hapkido bo‘yicha Osiyo chempionati o‘tkaziladi
07:50 / 2022-06-17

Joriy yilning l-2 iyul kunlari Farg‘onada hapkido sport tyri bo‘yicha Osiyo chempionati bo‘lib o‘tadi.

Musobaqa kattalar, yoshlar va o‘smirlar o‘rtasida bo‘lib o‘tadi. Shu kunlarda mazkur Osiyo chempionatini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada o‘tkazish borasida tashkiliy qo‘mita faoliyati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib,  zarur chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqildi.

Ma’lumot o‘rnida aytish lozim, hapkido yakka kurashlar olamida alohida o‘rinda turadigan sport turi hisoblanadi. Hozirda mavjud jang san’atlarining eng samarali usullarini o‘zida mujassam etgan koreys jang san’ati bo‘lgan hapkido, bu, qo‘llar, oyoqlar, tirsaklar, tizzalar, bosh, ochiq va yopiq kaftlar, barmoqlar, burmalar, og‘riqli tutqichlar, otishlar bilan keng zarba berish usullarini o‘z ichiga olgan sport turi hisoblanadi.

Hapeido - birlashish, kuch, energiya degan ma’noni anglatadi. 

Ushbu ajoyib sport turi bugun nafaqat Koreyada, balki dunyoning ko‘plab davlatlarida ommalashayotgan bo‘lib, asosan huquq-tartibot tizimida keng qo‘llaniladi.

Farg‘onada o‘tadigan qit’a chempionatida 20ga yaqin davlat vakillari qatnashishi kutilmoqda.


O‘zA