Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Farg‘onada ham tibbiyot xodimlarining kasb bayramiga bag‘ishlangan tantanali tadbir tashkil etildi
22:18 / 2020-11-07

Farg‘ona shahrida joylashgan Islom Karimov nomidagi teatr va konsert saroyida viloyat hokimligi tomonidan tibbiyot xodimlarining kasb bayramiga bag‘ishlangan tantanali tadbir tashkil etildi.

Tadbirda Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov qatnashib, sharafli kasb egalarini tabrikladi, bir guruh soha fidoyilariga faxriy yorliq va qimmatbaho esdalik sovg‘alarini topshirdi.

Taqdirlash marosimidan so‘ng konsert dasturi namoyish etildi.

Muqimjon QODIROV(surat), O‘zA