Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Farg‘onada ham ko‘chmas mulk bo‘yicha kadastr muhandisi instituti joriy etiladi
10:26 / 2023-09-20

Mamlakatimizda davlat tomonidan tartibga solinadigan sohalarga xususiy sektorni keng jalb etish bo‘yicha Toshkent shahri va Toshkent viloyatida o‘tkazilgan tajriba-sinov natijalarini inobatga olib, kadastr muhandisi institutini bosqichma-bosqich joriy etish orqali aholiga davlat xizmatlarini ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirishga muhim e’tibor qaratilmoqda.

Ko‘chmas mulk bo‘yicha kadastr muhandisi instituti uy-joy fondiga oid ko‘chmas mulk ob’ektlariga nisbatan 2023 yil 1 oktyabrdan boshlab Toshkent shahri, Toshkent, Navoiy, Namangan, Farg‘ona va Xorazm viloyatlarida 2024 yil 1 iyuldan boshlab respublikaning barcha hududlarida joriy etiladi. 

Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Farg‘ona viloyati boshqarmalarida tashkil etilgan matbuot anjumanida shu kabi yangiliklar haqida so‘z yuritildi. Jurnalist va blogerlarga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining joriy yil 22 avgustda qabul qilingan “davlat tomonidan tartibga solinadigan sohalarga xususiy sektorni keng jalb etish doirasida kadastr sohasida davlat xizmatlarini ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qarorining mazmun-mohiyati, sohaga oid qabul qilinayotgan qonun hujjatlari borasida ma’lumotlar berildi. 

– Hukumatning tegishli qarori bilan ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchilarning malakasini oshirish va ularni attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi, – deydi Davlat kadastrlari palatasi Farg‘ona viloyati boshqarmasi boshlig‘i Ravshan Mirzahmedov. – Unga ko‘ra, ro‘yxatdan o‘tkazuvchilarning malakasini oshirish (har 3 yilda kamida bir marta) Kadastr agentligining Toshkent geodeziya va kartografiya kolleji Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi tomonidan amalga oshiriladi.

Shunga ko‘ra, Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi va uning hududiy boshqarmalari malaka oshirish muddati kelishidan 15 kun oldin markazga xat yuboradi. Markaz xat kelib tushgan kundan 5 kun ichida ro‘yxatdan o‘tkazuvchini malaka oshirish kursiga qabul qiladi yoki uni rad etadi. 

O‘quv kurslarining eng ko‘p hajmi 72 soatni tashkil qiladi. Kurslar tamomlangach, ro‘yxatdan o‘tkazuvchilar test sinovidan o‘tkazilib, testdan muvaffaqiyatli o‘tganlarga sertifikat beriladi. 

M.Sulaymonov, O‘zA