Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Farg‘onada ham jismoniy tarbiya va sport sohasida malakali kadrlar tayyorlanadi
17:49 / 2021-07-24

Mamlakatimizda so‘nggi besh yilda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ularning sohaga qiziqish va muhabbatini o‘stirish orqali mamlakatning xalqaro sport maydonlarida munosib ishtirok etishini ta’minlashga jiddiy e’tibor qaratilmoqda.

Shuningdek, jismoniy tarbiya va sport sohasida aholi sog‘lig‘ini mustahkamlashga ko‘maklashadigan aniq dasturlarni amaliyotga joriy etish, yoshlar orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish, sport turlari bo‘yicha yuqori natijalarni ta’minlaydigan mahoratli sportchilar bilan milliy terma jamoalarni shakllantirish va trenerlar uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish masalasi bugungi davlatimiz va Prezidentimiz e’tibor qaratayotgan muhim masalalardan biridir.  

Davlatimiz rahbarining “Biz xalqaro sport maydonlarida O‘zbekistonning nufuzi va obro‘-e’tiborini oshirishga katta hissa qo‘shgan sportchilarimiz bilan faxrlanamiz. Shu bilan birga, oliy sportda erishilgan yutuqlar bilan chegaralanmasdan, ommaviy sportga ham katta e’tibor berishimiz kerak”, degan so‘zlari ham yurtimizda mazkur sohani rivojlantirish yangi bosqichga ko‘tarilganini ko‘rsatadi. 

Farg‘ona viloyatida  Prezidentimizning 2020 yil 3 noyabrdagi «Jismoniy tarbiya va sport sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish va ilmiy salohiyatni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Farg‘ona filiali  tashkil etilgani ham buning yorqin isbotidir. 

Jismoniy tarbiya va sport sohasida xalqaro standartlarga muvofiq kompleks bilimlarga ega malakali kadrlar, yuqori malakali, raqobatbardosh trener-o‘qituvchilarni tayyorlash borasida filialga katta ishonch bildirilmoqda.

Farg‘onadagi 11-oliy o‘quv yurti sifatida ochilgan O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Farg‘ona filialiga kirish uchun joriy yilning 22 iyuliga qadar 700 nafarga yaqin abituriyentlar onlayn ro‘yxatdan o‘tishdi.  

Bugun mamlakatimizda sport infratuzilmasini yangi bosqchiga olib chiqishga qaratilgan keng islohotlar yaqin kelajakda o‘zbek sportining imkoniyatlari cheksizligini va istiqbolini jahonga namoyon etadi. Muhimi, jismoniy tarbiya va sportga berilayotgan e’tibor orqali millat genofondi sog‘lomlashadi. Sog‘lom millat esa ulkan g‘alabalarga, qolaversa, intellektual yuksalishlarga qodir bo‘ladi.  

Ravshanjon RASULOV,

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Farg‘ona filiali direktori