Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Farg‘onada guruhbozlikka aloqador shaxslar bezorilik ustida ushlandi
08:55 / 2023-12-11

Farg‘ona viloyatida “Dolzarb 40 kunlik” doirasida huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda tezkor vaziyat barqarorligini ta’minlash hamda jinoyatchilikni jilovlash bo‘yicha o‘tkazilgan tezkor-qidiruv va profilaktik tadbirlar davomida 298 nafar tezkor vaziyatga salbiy tasir ko‘rsatuvchi shaxslarning yashash manzillarida kompleks tezkor-qidiruv tadbirlari o‘tkazildi.

Tadbirlar davomida 96 ta jinoyatlar aniqlandi. Jinoyat sodir etib, sud va tergov organlaridan yashiringan 50 nafar qidiruvdagi shaxslar qo‘lga olindi. Guruhbozlikka aloqador shaxslar bezorilik ustida ushlanib, ularning faoliyatiga chek qo‘yildi. O‘tkazilgan tadbirlar natijasida 5 kilogramm 921 gramm giyohvandlik vositalari, 414 dona psixotrop va kuchli ta’sir qiluvchi moddalar, 42 ta qurol-yarog‘, 221 ta o‘q-dorilar, 61 dona turli jinoyatga daxldor materiallar tayyorlangan kompyuter, telefon hamda taqiqlangan diniy adabiyotlar aniqlanib ashyoviy dalil tariqasida olindi.  

Misol uchun, Toshloq tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro o‘z xonadonida 8 dona jangovar ov quroli o‘q dorilari, 61 dona gilzalar, 400 gramm porox, 140 dona 5,6 mm kalibrli jangovar o‘q-dorilarni qonunga xilof ravishda saqlab kelgani aniqlandi. Shuningdek, joriy yilning 9 dekabr kuni tezkor xodimlar tomonidan o‘tkazilgan tadbirlar natijasida muqaddam Jinoyat kodeksining 164, 165, 166 hamda 277-moddalari bilan sudlangan, Marg‘ilon shahar Guliston MFY B.Marg‘inoniy tor ko‘chasi 11-uyda yashovchi 1988 yilda tug‘ilgan, tezkor vaziyatga salbiy ta’sir ko‘rsatib kelgan, jinoiy tajovuzkor Karimov Abdullo Qosimjonovich shaxsga og‘ir tan jarohati yetkazib, yashirinib yurganligi aniqlanib ushlandi.  

M.Sulaymonov, O‘zA