English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Farg‘onada fuqarolarning o‘qishini ko‘chirib berishni va’da qilgan firibgar ushlandi
15:30 / 2022-01-22

Bosh prokuratura huzuridagi Departament, DXX va IIBning Farg‘ona viloyati boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda firibgarning qilmishi fosh bo‘ldi.

Fuqaro J.A. Qirg‘iziston Respublikasi O‘sh davlat universitetida ta’lim olayotgan M.X.ning o‘qishini Farg‘ona vodiysidagi istalgan oliy ta’lim muassasalaridan biriga ko‘chirib berishga ishontirib, evaziga 500 AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Shuningdek o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda J.A. yana 4 nafar fuqaroni aldab, ularning chet davlatdagi o‘qishini ko‘chirib berish evaziga 1 700 AQSH dollarini qo‘lga kiritganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

M. Sulaymonov, O‘zA