Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Farg‘onada fuqarodan 10 ming AQSH dollari miqdoridagi pullarni pora tariqasida qo‘lga kiritmoqchi bo‘lgan "blogerlar" ushlandi
13:10 / 2022-10-09

Joriy yilning 5 oktyabr kuni fuqaro Donyorbek Qo‘ziboyev (muqaddam sudlangan) hamda Umidjon Jo‘rayevlar oldindan til biriktirib, fuqaro D.E.ning tergov organi tomonidan ayblanib, qamoqqa olingan tanishi T.R.ni huquqni muhofaza qiluvchi organlarda ishlovchi mansabdor shaxslar orqali qamoqdan chiqarib, jinoyat ishini ijobiy xal qilib berishlari evaziga undan 10 000 AQSH dollari talab qilishgan.

Fuqaroning arizasi asosida huquq-tartibot organlari tomonidan hamkorlikda o‘tkazgan tezkor tadbir davomida yuqoridagi shaxslar Qo‘qon shahar Turkiston ko‘chasida arizachidan 10 ming AQSH dollari miqdoridagi pullarni olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Donyorbek Qo‘ziboyev va Umidjon Jo‘rayevlarga nisbatan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi 3-qismi «a» bandi va 28, 211-moddasi 2-qismi «b» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Shuningdek, muqaddam sudlangan fuqaro Donyorbek Qo‘ziboyev 3 nafar fuqarolardan jarima maydonidagi avtomashinani chiqarish, haydovchilik guvohnomasi olib berish va boshqa harakatlar uchun ham pul olganligi yuzasidan arizalar kelib tushgan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

M.Sulaymonov, O‘zA