Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Farg‘onada "Fidoyi yoshlar yetakchisi" ko‘rik-tanlovi g‘oliblari aniqlandi
21:07 / 2022-07-14

“Fidoyi yoshlar yetakchisi” ko‘rik-tanlovining Farg‘ona viloyati bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda shahar va tuman bosqichlaridan g‘olib bo‘lgan 19 nafar yoshlar yetakchisi 4 ta shart bo‘yicha bilim va iqtidorini sinovdan o‘tkazdi.

Davlatimiz rahbarining joriy yil 19 yanvarda qabul qilingan “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori yoshlar bilan ishlashning vertikal tizimini yaratish, yoshlar muammolarini bevosita mahallalarda hal etish, ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarning samaradorligini yanada oshirish kabi maqsadlarga xizmat qiladi. 

Mahallalarda yoshlar yetakchisi lavozimi joriy etilib, samarali faoliyat olib bormoqda. Xususan, viloyatdagi 1 ming 62 ta mahalla fuqarolar yig‘inlarining barchasida yoshlar yetakchilari tizimli ishlarni amalga oshirmoqda.

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Yoshlar ishlari agentligi va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda tashkil etilgan tanlov yoshlarga oid davlat siyosatini samarali tashkil etish, yoshlar yetakchilarining ma’naviy saviyasi va bilimini oshirish orqali mahallalardagi ijtimoiy-ma’naviy muhit rivojiga hissa qo‘shish, yoshlarda Vatanga muhabbat, xalqimizga sadoqat tuyg‘ularini tarbiyalashni qo‘llab-quvvatlash hamda bu boradagi yetakchilar ish tajribasini ommalashtirish va ularning mehnatini munosib rag‘batlantirish kabi maqsadlarga xizmat qiladi.

Viloyat hokimi o‘rinbosari Jamshid Hatamov tanlovning ochilish marosimida yoshlar yetakchilari mahallalarda katta kuch ekanini ta’kidlab, barcha ishtirokchilarga omad tiladi.

Tanlov yakuniga ko‘ra, Farg‘ona shahar “Gulzor” mahalla fuqarolar yig‘ini yoshlar yetakchisi Jahongir Isroilov birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Buvayda tumanidagi “Yangiqadam” mahalla fuqarolar yig‘ini yoshlar yetakchisi Bunyodjon Otaqulov ikkinchi, Qo‘qon shahar “Istiqlol” mahalla fuqarolar yig‘ini yoshlar yetakchisi Irodaxon Qayumova uchinchi o‘rinni egalladi. G‘oliblar tashkilotchilarning diplom va sovg‘alari bilan taqdirlandi.

N.Bozorova, O‘zA