Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Farg‘onada farzandini davolash uchun ehson so‘ragan kiber firibgar ushlandi
16:04 / 2023-04-29

Farg‘ona viloyatida ijtimoiy tarmoq orqali farzandi kasalligini bahona qilib, 6 million 660 ming so‘m pullarni aldab qo‘lga kiritgan shaxs qo‘lga tushdi.

Bu haqida viloyat IIB axborot xizmati ma’lum qildi. Ta’kidlanishicha, Qo‘shtepa tumanida yashovchi fuqaro N.Q. IIBga murojaat qilib, unga 2022 yilning 29 oktyabr kuni noma’lum shaxs telegram ijtimoiy tarmog‘i orqali murojaat qilib, farzandini davolatish uchun xayriya qilishini so‘ragan. Keyinchalik firibgar jabrlanuvchining plastik kartasi maxfiy kodini qo‘lga kiritib, uning hisobidan 6 million 660 ming so‘m mablag‘ni firibgarlik yo‘li bilan yechib olgan.  

Mazkur holat yuzasidan Qo‘shtepa tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni A.J. sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.  

M. Sulaymonov, O‘zA