Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Farg‘onada eng yaxshi kutubxonachilar aniqlandi
16:06 / 2025-10-30

FOTOREPORTAJ

Axborot-kutubxona tizimi bugungi kunda nafaqat kitob o‘qish madaniyatini targ‘ib etishda, balki yoshlar ma’naviyatini yuksaltirishda, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishda ham muhim o‘rin egallamoqda.  

Ahmad Farg‘oniy nomidagi axborot-kutubxona markazida “Yilning eng yaxshi axborot-kutubxona mutaxassisi” ko‘rik-tanlovining Farg‘ona viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi. Kutubxona sohasida fidokorona mehnat qilayotgan, o‘z kasbiga mehr bilan yondashadigan mutaxassislarni rag‘batlantirish, ularning tajribasini ommalashtirish hamda kasbiy mahoratini yuksaltirish maqsadlari ko‘zlangan tanlovda 14 nafar mutaxassis to‘rtta shart asosida bellashdi.  

Bellashuv davomida soha mutaxassislarining ijodkorlik, tashabbuskorlik fazilatlari, bilim va salohiyatiga munosib baho berildi. Tanlovning shaffofliligi va adolatli baholanishini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Milliy kutubxonasi vakillari ZOOM platformasi orqali jarayonni kuzatib bordilar.

[gallery-25990]

Natijalarga ko‘ra, Bag‘dod tumani AKM mutaxassisi H. Abdullayeva uchinchi, Beshariq tumani AKM mutaxassisi N. Halimjonova ikkinchi, Farg‘ona viloyati AKM mutaxassisi M. Shokirova esa faxrli birinchi o‘rinni egallab, respublika bosqichida ishtirok etish yo‘llanmasiga sazovor bo‘ldi.

Muqimjon QODIROV (surat), O‘zA