O‘zbekiston so‘nggi yillarda har jabhada ulkan muvaffaqiyatlarni qo‘lga kiritmoqda. Ma’naviy va ma’rifat sohasida ham mustaqillik g‘oyalari singdirilgan badiiy asarlar, rangtasvir pannolar, matbuotdagi vatanparvarlik ruhi singdirilgan publitsistik chiqishlar yangicha qiyofa kasb etdi. Ayniqsa, “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun” shiori ostida o‘tayotgan mustaqilligimizning 34 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlar jamiyatga ko‘tarinki ruh baxsh etdi.
Farg‘onada bayram tantanalari doirasida an’anaviy “Eng ulug‘, eng aziz” ijodiy tanlovi g‘oliblarini taqdirlash tadbiri bo‘lib o‘tdi. Bu yil 54 ta muallifning ikki yuzga yaqin ijodiy ishlari hay’atga taqdim etildi.
[gallery-24928]
Ishtirokchilarni Farg‘ona viloyat hokimining o‘rinbosari Burxon Qo‘ldoshev, “Tasviriy oyna” respublika uyushmasi raisi Isfandiyor Latipovlar qutlab, ijodda muvaffaqiyatlar tilashdi.
–Yurtni buyuk qilish uchun harakatni uyg‘otayotganlar ijod ahlidir. 37 million xalq quvonchi ham, tashvishi xam ularning yuragida, – deydi “Tasviriy oyna” uyushmasi raisi Isfandiyor Latipov. – Chunki islohotni kimdir kelib qilib bermaydi. Barcha yaratuvchilik shu xalqning qudrati ila amalga oshadi.
Bosma nashrlar, televideniye va radio, internet jurnalistikasi, tasviriy san’at, badiiy ijod namunalari mualliflari bo‘lgan tanlov g‘oliblari diplom va sovg‘alar bilan taqdirlandi.
–Xalqaro mavzularda sayt, telegram va yutub kanallarida sharhlar berib boraman. Shu ozgina xizmatimni baholab internet jurnalistikasi yo‘nalishida birinchi darajali diplom bilan taqdirlashdi. Farg‘ona viloyat hokimligi va jurnalistlar uyushmasiga rahmat aytmoqchiman, – deydi “MANews agency”internet sayti rahbari Bahodir Eliboyev.
–Eng ulug‘, eng aziz” tanlovining biz jurnalistlar uchun o‘rni beqiyos. Yurtimizdagi islohotlar mohiyatini aholiga yetkazishga harakat qilyapmiz. Bu aslida yil davomidagi ishlarimiz sarhisobidir, – deydi birinchi o‘rin sohibasi, “Farg‘ona haqiqati” gazetasi bo‘lim mudiri Muattar Mahmudova.
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/ILO5EPe3W6A?si=T4aDt53hwJujyYp5" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Muhammadjon Obidov,Elyor Olimov(video,surat),
O‘zA