Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Farg‘onada endokrinologiya xizmati yangi bosqichda
16:50 / 2025-08-21

FOTOREPORTAJ

Farg‘ona viloyatida qandli diabet va boshqa endokrin kasalliklarga qarshi kurashda yangi imkoniyatlar yaratilmoqda. Akademik Yo. To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Farg‘ona filiali bu yo‘nalishda hududning yetakchi muassasasiga aylangan. 

Sog‘liqni saqlash vazirligi ko‘magida 2025 yilning birinchi choragida endokrinologiya xizmatiga yangi tibbiy uskunalar – 1779 ta glyukometr, qariyb 730 ming dona test yaproqcha va minglab lansetlar yetkazildi. Bu vositalar orqali minglab bemorlar qon qandi nazoratini o‘z vaqtida amalga oshirish imkoniga ega bo‘ldi.

Markaz shifokorlari bemorlarni davolash bilan cheklanib qolmay, shahar va tumanlarda bo‘lib, oilaviy shifokor, amaliyotchi va patronaj hamshiralarga mahorat darslari o‘tmoqda. Bu mashg‘ulotlarda to‘g‘ri ovqatlanish, jismoniy faollik va kasalliklarni oldini olish sirlari haqida amaliy bilimlar berilyapti.

Bolalar va o‘smirlar ham markaz e’tiborida. 1-tur qandli diabet bilan og‘rigan 491 nafar yosh bemor to‘liq glyukometr va test yaproqchalar bilan ta’minlandi. Shunga qo‘shimcha, yuzlab bemorlar uchun analog insulin, qandsiz diabetli bemorlar uchun uropres va o‘sishdan ortda qolgan bolalar uchun somatotrop gormon yetkazildi.

[gallery-24870]

Yarim yil ichida filialda zamonaviy operatsiyalar va diagnostika usullari joriy etildi. Orxidoektomiyadan tortib, gisterektomiya, qon qandini doimiy monitoring qilish tizimi (CGM), yurak va qon tomirlar UTT dopleri kabi xizmatlar endokrinologiyada yangi bosqichni boshlab berdi.

Muqimjon QODIROV (surat), O‘zA