Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Farg‘onada elektrobuslar ishlab chiqariladi
20:08 / 2023-09-26

Xitoyning "Dongfeng motor” avtokonserni Farg‘onada elektrobuslar ishlab chiqarish bo‘yicha qiymati 100 million dollar bo‘lgan investitsion loyihani amalga oshirishga kirishmoqda.

Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov “Dongfen motor” avtokonserni boshqaruv vakili Sya Tong Yuanni qabul qildi. Uchrashuvda “Dongfeng motor” kompaniyasi tomonidan viloyatimizda amalga oshirishga kirishilayotgan qiymati 100 million dollar bo‘lgan, shu jumladan, birinchi bosqichda 45 million dollar to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiya yo‘naltiriladigan "Dongfeng" elektrobuslarini ishlab chiqarish loyihasi muhokama qilindi.  

Mazkur korxona Furqat tumani hududida joylashtirilmoqda. Viloyat hokimi boshchiligidagi Farg‘ona viloyati delegatsiyasining yaqinda Xitoyga amaliy tashrifi davomida viloyat rahbari ushbu kompaniyaning ishlab chiqarish majmuasida bo‘lib, elektrobuslar ishlab chiqarish jarayonlari bilan joyida tanishgandi hamda viloyatda elektrobuslar ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirish bo‘yicha investitsion kelishuv imzolangan edi.  

"Dongfeng Special vehicle" mas’uliyati cheklangan jamiyati xorijiy korxonasi viloyatda davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi hamda yangi korxona guvohnomasi viloyat hokimi tomonidan Sya Tong Yuanga topshirildi.  

 

M.Sulaymonov,  

O‘zA