Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Farg‘onada ehtiyojmand oilalarga ko‘mir bepul yetkazib berildi
10:09 / 2023-01-19

Qishning sovuq kunlarini betalafot o‘tkazish maqsadida Farg‘ona viloyatida “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi hamda homiylar hisobidan 3 ming 674 ta ehtiyojmand oilalar uchun 1 ming 419 tonna ko‘mir bepul yetkazib berildi.

Shu kungacha chekka hududlar So‘x tumani, Shohimardon, Yordon mahalla fuqarolar yig‘ini aholisiga 7 ming 278 tonna ko‘mir   yetkazib berildi va bu jarayon davom etmoqda. Hozirgi kunda 8 ta omborda uzluksiz aholiga ko‘mir tarqatish ishlari olib borilmoqda. bugungi kunga omborlarda 1 ming 432 tonna ko‘mir mahsulotlari zaxirasi mavjud. Bundan tashqari har kuni 15-20 ta vagonda ko‘mir mahsulotlari omborlarga yetib kelinmoqda.  

M.Sulaymonov, O‘zA