Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Farg‘onada davlat xizmatchilari tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilmoqda
07:17 / 2024-01-10

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Farg‘ona viloyati filiali tashabbusi bilan “Sog‘lom davlat xizmatchisi” shiori ostida davlat fuqarolik xizmatchilarini chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish oyligi o‘tkazilmoqda.

Barchaga ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasining “Davlat fuqarolik xizmat to‘g‘risida”gi qonunning 53-moddasiga muvofiq, davlat fuqarolik xizmatchisini ijtimoiy jihatdan himoya qilish maqsadida tibbiy xizmat ko‘rsatilishi alohida kafolatlangan. Xususan, o‘tgan yil davomida viloyat, tuman va shahar hokimliklarida faoliyat yuritayotgan 550 nafardan ziyod davlat xizmatchisi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Joriy yilning yanvar oyi viloyatda “davlat xizmatchilarini sog‘lomlashtirish oyligi” deb e’lon qilindi.

Ayni kunlarda viloyat hokimligi hamda sog‘liqni saqlash boshqarmasi bilan hamkorlikda viloyatdagi barcha boshqarma va tashkilotlar hamda tuman va shahar hokimliklarida faoliyat yuritayotgan davlat fuqarolik xizmatchilarini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tadbirlari tashkil etilmoqda.  

Sog‘lomlashtirish oyligida davlat xizmatchilarini 10 dan ortiq birlamchi turdagi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish rejalashtirilgan bo‘lib, kasallik aniqlangan xodimlarga davolanishi uchun barcha zaruriy shart-sharoit yaratib beriladi.

Mazkur oylik doirasida Farg‘ona shahar hokimligi apparat xodimlari ham shahardagi ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikada to‘liq chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.

Farg‘ona viloyatida tashkil etilgan tibbiy ko‘rik jarayonlari davomida viloyatdagi 7 mingdan ortiq davlat fuqarolik xizmatchisini ko‘rikdan o‘tkazish rejalashtirilgan.

M.Sulaymonov,

O‘zA muxbiri