Farg‘ona viloyati Yoshlar ishlari agentligi faollar zalida viloyat davlat xizmatchilari bilan ochiq muloqot tashkil etildi.
Ochiq muloqotni o‘tkazishdan maqsad – davlat fuqarolik xizmati ijobiy imijini rivojlantirish, yoshlarga motivatsiya berish, davlat xizmatiga ochiq, shaffof tanlov orqali ishga kirish, lavozim pog‘onalarida o‘sish imkoniyatlarini yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan tushuntirish berishdir. Tadbirda ishtirokchilarning sohani yanada rivojlantirish yuzasidan fikr-mulohazalari tinglandi.
Ochiq muloqotda davlat fuqarolik xizmatining ahamiyati, mamlakatimizda ushbu sohasida amalga oshirilgan islohotlar, o‘rganilgan xorijiy mamlakatlar tajribasi, tanlov asosida ishga kirish, xizmatni o‘tash va malaka oshirish tizimi bilan bir qatorda, Oliy majlis Senati tomonidan ma’qullangan «Davlat fuqarolik xizmati» to‘g‘risidagi qonunning mohiyati, uni qabul qilishning zarurati haqida to‘xtalib o‘tildi.
Ochiq muloqot davomida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga tushuntirishlar berildi hamda ular tomonidan ko‘tarilgan ayrim muammo va takliflar ko‘rib chiqish uchun qabul qilindi.
Muloqotning faol ishtirokchilariga O.Hasanov muallifligidagi «Liderlar» kitobi taqdim etildi.
Nasiba Elibekova