Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Farg‘onada bo‘shab qolgan deputatlik o‘rinlariga saylov bo‘lib o‘tmoqda
10:55 / 2021-01-10

Farg‘ona viloyatida xalq deputatlari mahalliy Kengashlariga 627 nafar deputat saylangan bo‘lib, ularning 60 nafari viloyat Kengashiga, 567 nafari tuman, shahar kengashlariga saylangan. bugungi kunga kelib, Xalq deputatlari viloyat Kengashidan 1 nafar, xalq deputatlari tuman Kengashlaridan 4 nafar deputatlarning turli sabablarga ko‘ra deputatlik vakolati muddatidan oldin tugatilgan.

Farg‘ona viloyat saylov komissiyasining qaroriga ko‘ra, 2-Mirzo Ulug‘bek saylov okrugi bo‘yicha bo‘shab qolgan o‘ringa xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatligiga shu yil 10 yanvarda saylov o‘tkazish belgilangan edi.

Ayni paytda viloyat Kengashidagi bo‘shab qolgan bitta o‘rin hamda ayrim tuman, shahar Kengashlaridagi bo‘shab qolgan 4 ta deputatlik o‘rinlariga saylov karantin talablariga rioya qilingan holda o‘tkazilmoqda.

M.Sulaymonov, O‘zA