FOTOREPORTAJ
Farg‘ona viloyatida O‘zbekiston bolalar tashkiloti “Bolalar harakati” sardorlari saylovining hududiy bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Tashkilot bolalarni Vatanga muhabbat, intellektual, ijodiy va ma’naviy jihatdan rivojlantirish, ta’lim va dam olish uchun zarur shart-sharoit yaratish yo‘lida faoliyat yuritadi.
[gallery-27207]
Saylovning mahalla bosqichida viloyatdagi 1015 mahalladan 9135 nafar o‘g‘il-qiz mahalla sardorlari sifatida saralandi. Tuman va shahar bosqichida eng faol nomzodlardan 171 nafar sardor saylandi. Ulardan 9 nafari hududiy bosqichda ishtirok etish imkoniga ega bo‘ldi.
Ma’lumki, “Bolalar harakati” sardorlarining salohiyati “Bosh sardor”, “Jasorat”, “Qizlar akademiyasi”, “Yashil makon”, “Ibrat farzandlari”, “Iqtidor”, “Ustoz AI”, “Mutolaa” va “Matbuot va media” yo‘nalishlarida sinovdan o‘tkaziladi. Har bir bosqichda bolalar ovozi eshitilib, ularning iqtidor va faolligi hisobga olindi. Bu jarayon bolalarning jamoaviy rahbarlik, mas’uliyat va ijtimoiy faollik qobiliyatlarini rivojlantirishga xizmat qiladi.
Muqimjon QODIROV(surat), O‘zA