Farg‘onada bitta institut va bitta fakultet karantinga yopildi
Farg‘ona politexnika instituti talabalari orasida koronavirus infeksiyasi aniqlanganligi sababli o‘quv jarayonlari 2021 yilning 24 aprelidan boshlab 14 kun davomida masofaviy (onlayn) shaklga o‘tkazildi.
Shuningdek, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filialining telekommunikatsiya texnologiyalari fakultetida koronavirusga chalinish holati aniqlanib, karantinga olindi. Fakultet talabalari masofaviy o‘qishga o‘tdi.
M. Sulaymonov, O‘zA