Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Farg‘onada “Bir umrga yorqin tabassum” profilaktik targ‘ibot dasturi boshlandi
17:34 / 2022-06-14

FOTOREPORTAJ

O‘zbekiston stomatologlar uyushmasi, Farg‘ona viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi va “Colgate-Palmolive” kompaniyasi tomonidan viloyatdagi maktab o‘quvchilari va aholi uchun “Bir umrga yorqin tabassum” stomatologik kasalliklar profilaktikasining targ‘ibot dasturi boshlandi.

Dastur doirasida Farg‘ona viloyatining 19 ta shahar va tumanlaridagi umumta’lim maktablarining 1-4 sinfida tahsil oluvchi 300 mingga yaqin bola ishtirokida tish parvarishiga oid sanitariya-gigiyena qoidalari haqida suhbatlar va mashg‘ulotlar o‘tkazilib, har bir o‘quvchiga tish pastasi hamda eslatma flayerlar tarqatildi.

Ana shunday tadbir Farg‘ona tumani Yoshlarobod qishlog‘idagi “Chaqmoq” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida ham o‘tkazildi. Farg‘ona tuman tibbiyot birlashmasi bosh stomatologi Bahodir Yo‘ldoshev bolalar bilan og‘iz bo‘shlig‘ini parvarishlash qoidalari, gigiyenaga e’tiborli bo‘lish va tishlarni asrab-avaylash yuzasidan suhbat qurdi.  

– Ushbu loyiha bolalarda yoshlikdan tishlarini to‘g‘ri parvarish qilish borasida mustahkam ko‘nikma hosil qilishga qaratilgan, - deydi viloyat stomatologiya shifoxonasi bosh shifokori Muhiddin Ismoilov. – Tadbir har yili viloyatdagi umumta’lim maktablari, bolalar oromgohlari va mahallalarda an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinadi.

Shuningdek, Farg‘ona tumanining “Dilkusho” va “Sanoat” mahalla fuqarolar yig‘ini aholisi uchun ham sog‘lomlashtirish tadbiri tashkil etildi.  

[gallery-7561]

Muqimjon QODIROV (Surat), O‘zA