Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Farg‘onada bir oyda 4,7 milliard so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgan
09:36 / 2022-02-11

«Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi» aksiyadorlik jamiyati tomonidan viloyat bo‘ylab ishlab chiqarish, iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha ob’ektlari, ko‘p kvartiralik uy-joylar, savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish ob’ektlarida elektr energiyasidan oqilona va xavfsiz foydalanish bo‘yicha reyd tadbirlari, targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda.

Afsuski, tizimli olib borilayotgan o‘rganishlar natijasida hududlarda elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlanmoqda.

Joriy yilning dastlabki bir oyi davomida Farg‘ona viloyati bo‘yicha 1040 dona elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlangan bo‘lib, mazkur qoidabuzarliklar yuzasidan 4,7 milliard so‘m miqdorida qayta hisob-kitob ishlari amalga oshirildi.

Aniqlangan qoidabuzarliklarning 623 tasi yoki 60 foizi aholi iste’molchilariga, 417 tasi ya’ni 40 foizi ishlab chiqarish tarmoqlari, ijtimoiy soha, savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish ob’ektlari ulushiga to‘g‘ri keladi.

M.Sulaymonov, O‘zA