French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Farg‘onada beg‘araz donorlik aksiyasi o‘tkazildi
11:01 / 2025-06-04

FOTOREPORTAJ

“Adolat” SDP tashabbusi bilan mamlakatimiz bo‘ylab izchil davom etayotgan “Bor mehrimiz senga, bolajon!” shiori ostidagi beg‘araz donorlik aksiyalari fidoyi insonlarni yagona maqsad yo‘lida birlashtirdi.  

Farg‘ona viloyati qon quyish markazida bo‘lib o‘tgan navbatdagi tadbirda  partiyaning viloyat Kengashi jamoasi, shahar va tumanlardan tashrif buyurgan BPT raislari, mahalliy Kengash deputatlari, “Ayollar qanoti” va “Yosh adolatchilar” qanoti faollari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.  Bugungi tadbirning o‘ziga xos jihati yana shundaki, unda viloyat IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari ham jamoaviy tarzda qatnashib, xayriya tashabbusini qo‘llab-quvvatladi.

[gallery-23753]

– “Adolat” partiyasining bu kabi an’anaviy tadbirlarida muntazam ishtirok etamiz, - dedi boshqarma bo‘lim boshlig‘i Dilmurod Mamaziyoyev. – Bu galgi aksiyada ham 30 nafar xizmatchimiz bilan qatnashyapmiz. Kimningdir hayotini asrab qolishga hissa qo‘shish biz uchun ham insoniy, ham fuqarolik burchidir.  

Tadbirning asosiy maqsadi – ijtimoiy muhofazaga muhtoj, xastalikka duchor bolalarni moddiy-ma’naviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, tibbiy ta’minotga ehtiyojmand aholi qatlami manfaatlarini himoya qilish, shu orqali partiyaning dasturiy g‘oyalarini hayotga izchil tatbiq etishdan iborat.

Muqimjon QODIROV(surat),O‘zA