Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Farg‘onada ayollarga nisbatan 917 ta jinoyat ishi ko‘rildi
08:53 / 2021-12-11

Farg‘ona viloyatida jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan joriy yilning o‘tgan davri mobaynida 1 ming 17 nafar ayollarga nisbatan 917 ta jinoyat ishi ko‘rilgan bo‘lib, 936 ta jinoyat ishi bo‘yicha 846 nafar ayollarga ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo tayinlangan.

Tahlillardan ko‘rinadiki, Qo‘qon, Farg‘ona, Marg‘ilon shaharlari, Oltiariq, Farg‘ona, Beshariq, O‘zbekiston tumanlaridagi mutassadi tashkilot rahbarlarining xotin-qizlar o‘rtasida jinoyatchilikni oldini olish borasidagi faoliyati bugungi kun talabi darajasida tashkil etilmaganligidan dalolat beradi.


Jinoyat ishlari bo‘yicha O‘zbekiston tuman sudining 2021 yil 14 apreldagi hukmiga ko‘ra, M.Ergasheva Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “a” bandi (o‘g‘irlik) bilan sudlanib, unga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. Sudlangan M.Ergashevaning shaxsi o‘rganilganida ishsiz, jinoyat sodir etgan vaqtda homilador bo‘lganligi aniqlandi.


Bu ayolning jinoyat sodir etishiga moddiy tomondan yetishmovchilik sabab bo‘lib, muammolariga o‘zi yashab kelgan mahalla fuqarolar yig‘ini yetarlicha e’tibor qaratmagan.

M. Sulaymonov, O‘zA