Farg‘onada atrof-muhitni muhofaza qilish tadbirlari – e’tiborda
FOTOREPORTAJ
Bugungi kunda iqlim o‘zgarishi va havo ifloslanishi butun dunyoda jiddiy xavf sifatida baholanmoqda. Ushbu omillardan kelib chiqib, mamlakatimizda, shu jumladan Farg‘ona viloyatida ekologik muammolarni bartaraf etish, atrof-muhit holatini yaxshilashga qaratilgan keng ko‘lamli chora-tadbirlar izchil amalga oshirilmoqda.
Xususan, Farg‘ona shahrida havo ifloslanishining oldini olish maqsadida rejali ishlar tashkil etilgan. Qurilish ob’ektlari hamda ko‘chalarda changlangan havoni kamaytirish uchun muntazam ravishda suv sepilmoqda. Shuningdek, mavjud yashil hududlar doimiy ravishda sug‘orilib, ularni saqlash va ko‘kalamzorlashtirish tadbirlari davom ettirilmoqda.
[gallery-26579]
Muqimjon QODIROV (surat), O‘zA