Farg‘ona shahrida barchaga birdek yoquvchi tadbir – asal sayli bo‘lib o‘tmoqda. Bu yil 25-marta asalarichilar o‘z mahsulotlarini xalqqa tortiq etmoqdalar. Qishloq xo‘jaligining boshqa sohalari kabi asalarichilik ham viloyatda yil sayin rivojlanyapti.
– Farg‘ona viloyatida 1700 dan ortiq asalarichi bor. 90 mingta asalari oilalari boqiladi. Bu yil 1700 tonna asal yig‘ilgan, – deydi viloyat asalarichilar uyushmasi raisi Sherzod Suyarqulov.


Asal sayli doirasida mutaxassislar tomonidan asalarichilik mahsulotlarining xususiyatlari va ularning shifobaxsh jihatlari haqida batafsil ma’lumot berilmoqda.


Asalari suti, gul changi, propolis, mum va asalari uyasi kabi 10 dan ortiq asal mahsulotlari savdoga qo‘yilgan.

— 60 dan ortiq asalarichilar o‘zlarining 100 dan ortiq asal va boshqa asalarichilik mahsulotlarini xalqimizga taqdim qilishyapti,—deydi Sherzod Suyarqulov. — Xaridorlar asallarni totib ko‘rib, ta’mini bilib, o‘zlariga yoqqanini to‘g‘ridan-to‘g‘ri dehqonlarning o‘zidan xarid qilish imkoniga ega bo‘ldilar.
“Asal bayrami” 30 noyabrga qadar davom etadi.
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/jyn1hqStSfE?si=yZdR5p84cS5mV9_c" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Muhammadjon Obidov,
Elyor Olimov (video, surat), O‘zA