Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Farg‘onada aqidaparastlik g‘oyalarini tarqatgan shaxs qamaldi
12:39 / 2021-02-02

Qo‘qon shahrida diniy oqimga qo‘shilib, aqidaparastlik g‘oyalarini targ‘ib qiluvchi materiallarni tarqatib kelgan shaxs sud tomonidan besh yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.

bugungi tinch kunlarimizni ko‘rolmayotgan g‘alamislar turli yo‘llar bilan ba’zi yurtdoshlarimizni yo‘ldan urmoqda. Qo‘qon shahrida yashovchi Ikrom Hasanov (ism-familiyasi o‘zgartirilgan) 27 yoshda. Afsuski, u o‘zining foydali ishi bilan yurtiga xizmat qilish o‘rniga yot g‘oyalar girdobiga tushib qoldi. Qonun talablariga zid g‘oyalarni boshqalar ongiga singdirishga qaratilgan qilmishi aslida diniy aqidaparastlik va terrorizm g‘oyalarini odamlar orasiga yoyishdan iborat qabih jinoyat ekanini anglamadi.

U tengdoshlari bilan “o‘zaro gurunglashish” niqobida muntazam gashtaklar tashkil etib, diniy aqidaparastlik g‘oyalarini targ‘ib qilish bilan shug‘ullangan. Ikrom internetdagi turli saytlardan diniy mazmundagi ma’ruza va nashidalarni eshitib, ularning ta’sirida diniy aqidaparastlikka berildi. Telefoniga ularni ko‘chirib, yashash xonadonida saqlab kelgan.

Bundan tashqari, ustaxonasiga kelgan M.Sodiqovning uyali aloqa vositasida “Ashula” nomli papka yaratib, amaldagi davlat tuzumini Konstitutsiyaga xilof tarzda o‘zgartirishga xizmat qiladigan va aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan diniy materiallarni o‘tkazib tarqatgan. Yaxshiyamki, huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan uning qilmishlari fosh etildi.  

I.Hasanovning yashash xonadoni ko‘zdan kechirilganda, uning xonadonidan ustki qismiga “Aralash” deb yozilgan xotira chipi, 2 ta fleshka va “SAMSUNG Galaxy A-6” rusumli uyali aloqa vositalari daliliy ashyo tariqasida olingan. Ular ko‘zdan kechirilganda 1672 dona faylda turli diniy materiallar saqlangani aniqlangan. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning xulosasiga ko‘ra, I.Hasanov tomonidan to‘plangan va tarqatilgan materiallar diniy mazmundagi ma’ruza aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilganligi va mazkur g‘oyalarni targ‘ib qiluvchi ekanligi aniqlangan. Shuningdek, M.Sodiqovning uyali aloqa vositasidagi 45 dona faylda diniy mazmundagi materiallar saqlangani ma’lum bo‘ldi. Jinoyat ishlari bo‘yicha Qo‘qon shahar sudi tomonidan mazkur jinoyat ishi ko‘rib chiqilib, unga 5 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.  

– Viloyat sudi apellyatsiya instansiyasining ochiq sud majlisida sudlangan Ikrom Hasanovning apellyatsiya shikoyati ko‘rib chiqildi, – deydi Jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona viloyat sudi sudyasi T.Vahobov. – U shikoyatida oilaviy sharoiti og‘irligi, oilada yagona boquvchi ekanligini inobatga olib, yengillik berishni so‘ragan. Sudlov hay’ati ish bo‘yicha barcha fikrlarni tinglab, ish materiallarini tahlil qildi. Sud hukmini o‘zgartirish yoki bekor qilish uchun ishda asoslar mavjud emasligi ma’lum bo‘ldi. Shu sababli, sudlov hay’ati I.Hasanovga oid sud hukmini o‘zgarishsiz, uning apellyatsiya shikoyatini esa qanoatlantirmasdan qoldirishni lozim topdi.  

M.SULAYMONOV, O‘zA