English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Farg‘onada Alisher Navoiy tavalludining 581 yilligi ko‘tarinkilik bilan nishonlanmoqda
14:49 / 2022-02-09

Buyuk shoir va mutafakkir, atoqli davlat va jamoat arbobi Alisher Navoiy tavalludining 581 yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbirlari Farg‘onada ham ko‘tarinkilik bilan nishonlanmoqda.

Har bir o‘zbek millatiga mansub inson borki, uning qalbiga Navoiy ruhi kirib borgan. Ulug‘ mutafakkir bobomiz ma’naviyat quyoshi sifatida millatimiz qalbida hamisha barhayot yashaydi.  

Bugun erta tongdan Farg‘ona shahridagi Alisher Navoiy haykali poyiga gul qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi.  

Unda viloyat hokimining o‘rinbosarlari, davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari, adabiyotshunos olimlar, ziyolilar, talaba-yoshlar ishtirok etdi. 

Tadbirda viloyat hokimining o‘rinbosari Fayzullo Qosimov yig‘ilganlarni hazrat Navoiy tavalludi bayrami bilan qutlab, ulug‘ bobokalonimizning ijtimoiy-siyosiy hayotiga, uning asarlaridagi ma’naviy-tarbiyaviy jihatlarga alohida to‘xtalib o‘tdi. 

Shuningdek, O‘zbekiston xalq shoiri  Enaxon Siddiqova, filologiya fanlari doktori, navoiyshunos olim Habibullo Jo‘rayev shoir ijodini puxta o‘rganish, asarlarini qayta va qayta o‘qish, ularda ulug‘langan g‘oyalarning yosh avlod tarbiyasi uchun muhim ekanligini ta’kidlab o‘tdi. 
Tadbir davomida Farg‘ona shahridagi Prezident maktabida ta’lim berayotgan Kanada, Buyuk Britaniya, Filippinlik ustozlar, Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari tomonidan Alisher Navoiy g‘azallaridan namunalar o‘qildi. 

Shoirga ehtirom tadbiri so‘nggida yig‘ilganlar Alisher Navoiy haykali poyiga gul qo‘yib, hurmat bajo keltirdi. 

M. Sulaymonov, O‘zA