Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Farg‘onada 58 ta davlat aktivlari elektron savdo platformasiga chiqarildi
12:52 / 2023-05-05

Farg‘onada Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan Farg‘ona viloyatida xususiylashtirilishi belgilangan davlat aktivlari, jumladan, korxonalardagi davlat ulushlari, bo‘sh turgan davlat mulki ob’ektlari va sotilishi belgilangan yer maydonlari to‘g‘risida tadbirkorlar va investorlar uchun taqdimot o‘tkazildi.

Unda shahar, tuman hokimliklari, mas’ul idoralar mutasaddilari hamda 300 nafardan ziyod viloyatdagi yirik korxonalar vakillari, tadbirkorlar va investorlar ishtirok etdi. 

Tadbirda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori o‘rinbosari Alisher Miraliyev, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi viloyat hududiy boshqarmasi boshlig‘i Habib Sirojitdinov va boshqalar davlat aktivlari va yer uchastkalarini xususiylashtirish, bo‘sh turgan ob’ektlardan samarali foydalanish masalalari haqida batafsil ma’lumot berdi.  

Tadbirkorlarga yer, bino va inshootlarni ajratishning elektron, shaffof va adolatli tizimi joriy qilinganligi ishbilarmonlar faoliyatida yuzaga kelayotgan to‘siq va muammolarni hal etilishida muhim ahamiyat kasb etayotgani ta’kidlandi. Xususiylashtiriladigan davlat mulklarining imkoniyatlari misollar yordamida tushuntirildi.  

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan 2022 yil davomida jami 145 ta davlat aktivlari auksion savdolariga chiqarilgan bo‘lib, shundan 75 ta davlat aktivlari 139,9 milliard so‘m qiymatga bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan sotilishiga erishildi. bugungi kunda 58 ta davlat aktivlarini boshlang‘ich qiymati 85,7 milliard so‘m narxda “Ye-AUKSION” elektron savdo platformasiga chiqarilgan.  

“E-AUKSION” elektron savdo platformasidan foydalanish, onlayn elektron imzo olish va savdolarda qatnashish uchun arizalar berish tartiblari tushuntirildi. Tadbir qatnashchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutasaddilardan javoblar oldi. Ommaviy axborot vositalari vakillari uchun press-tur ham tashkil etilib, davlat aktivlarini sotib olgan xaridorlar tomonidan ushbu ob’ektlar negizida bajarilgan ishlar joyiga chiqqan holda o‘rganildi.  

M.Sulaymonov,  

O‘zA