Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Farg‘onada 4800 quti pirotexnika vositalari ushlab qolindi
15:18 / 2020-12-19

Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining Farg‘ona viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan DXX viloyat boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda pirotexnika vositalarining noqonuniy savdosi bilan shug‘ullangan shaxslar fosh etildi.

Farg‘ona tumanida yashovchi fuqarolar F.Saminjonov, D.Qobildinov, A.Saminov va U.Oxunjonov noqonuniy daromad orttirish maqsadida o‘zaro oldindan jinoiy til biriktirib, bir guruh bo‘lganlari holda Xitoy Xalq Respublikasida ishlab chiqarilgan “Britanik” nomli pirotexnika vositasini har bir korobkasini 240 AQSH dollaridan hisoblab, jami 10 ta korobkadagi 4800 quti pirotexnika vositalarini 2400 AQSH dollariga  maxsus xaridorga qonunga xilof ravishda o‘tkazgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.  4 ming 800 quti pirotexnika vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.  

Hozirda ushbu holat bo‘yicha mazkur shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 250-1-moddasi ( pirotexnika buyumlarining qonunga xilof muomalasi) 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.    

M. Sulaymonov, O‘zA