Farg‘onada 4 egizak dunyoga keldi
Farg‘ona shahar “Xo‘jamag‘iz” mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi G‘anijon Odilov xonadonida birdaniga to‘rt egizak: 3 o‘g‘il va bir qiz dunyoga keldi.
Hozirda chaqaloqlar va onaning salomatligi yaxshi. Shunday bo‘lsa-da, shifokorlar ularni doimiy nazoratga olishgan.
– 2016 va 2018 yilda ham farzandli bo‘lgandik, – deydi Munavvarxon Odilova. – Katta farzandlarimiz qiz edi. Endi uch o‘g‘il va uch qizli bo‘ldik, Ollohga shukur, juda baxtlimiz. Shifokorlargayam o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz.

Quvonchi bir olam ota-ona chaqaloqlarga To‘lqinboy, Abdukarim, Abduhakim va Zilola deb ism berishdi.
Shahar FHDYO organi xodimlari tug‘ruqxonaga tashrif buyurishib, qo‘sh egizaklar uchun tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomalarni tantanali tarzda topshirishdi.
M. Sulaymonov, O‘zA