Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Farg‘onada 307 ming 180 AQSH dollari chegaradan o‘tmadi
10:51 / 2023-12-26

Farg‘onada DXX Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari tomonidan qo‘shni davlatga juda katta miqdorda chet el valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda o‘tkazish holatiga chek qo‘yildi. Jinoyatga qo‘l urganlarga esa sud tomonidan tegishli jazo tayinlandi.

Quvasoy shahrilik Ravshan Turdibekov(ism-familiyalar o‘zgartirilgan) Qirg‘iziston Respublikasi bilan chegaradosh mahallada istiqomat qilgan. U halol mehnat qilish o‘rniga osongina daromad topishni o‘yladi. Fuqaro A.Odiljonov hamda Qirg‘iz Respublikasida yashovchi Zamir ismli shaxs bilan birga qo‘shni davlatga yirik miqdordagi chet el valyuta qimmatliklarini o‘tkazish rejasini tuzadi. 

Ravshan 307 ming 180 AQSH dollarini olib, Quvasoy shahar “Polmon” mahalla fuqarolar yig‘inidagi Qirg‘iz Respublikasi Botken viloyati Qadamjoy tumani Uchqo‘rg‘on qishlog‘i bilan kesishgan joyga kelib, pulni A. Odiljonovga bergan. Jinoiy sherigi pulni qo‘shni davlatga o‘tkazish payida bo‘lgan vaqtda chegarachilar sezib qoladi. U pulni chegara chizig‘a tashlab, qochib qolgan. 

Jinoyatga jazo muqarrar. Jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona tumani sudi tomonidan sudlanuvchilarga hukm o‘qildi hamda daliliy ashyo sifatida olingan 307 ming 180 AQSH dollari davlat egaligiga o‘tkazildi. 

M.Sulaymonov, O‘zA muxbiri