Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Farg‘onada 30 nafar bolada jarrohlik amaliyoti o‘tkazildi
17:32 / 2021-01-30

Farg‘ona viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida Respublika bolalar milliy tibbiyot markazi mutaxassislari ishtirokida bir necha kun davomida mahorat darslari, tibbiy ko‘riklar va jarrohlik amaliyotlari o‘tkazildi.

Dastbalki kun respublika mutaxassislari ishtirokida seminar-trening va mahorat darslari bo‘lib o‘tdi. Unda Farg‘ona viloyatidagi bolalar stomatologlari, bolalar jarrohlari ishtirok etib, sohaga oid yangiliklar va zamonaviy bilimlarga ega bo‘lishdi.

Shundan so‘ng poytaxtdan kelgan shifokorlar ishtirokida tug‘ma lab tanglay sohasida nuqsoni bor hamda kuygandan keyingi chandig‘i bor bolalar uchun yuqori malakali tibbiy ko‘riklar tashkil etildi.

Tibbiy ko‘riklarda jami 291 nafar bola qatnashdi. Ularning orasidan 30 nafar bola saralab olindi va shu yerning o‘zida mahalliy mutaxassislar bilan hamkorikda 29 nafar bolada plastik jarrohlik, 1 nafar bolada esa kardiojarrohlik muvaffaqiyatli amalga oshirildi.

– Poytaxtdan malakali mutaxassislarning viloyatimizga kelib, bemor bolalarga yordam berayotgani judayam xayrli ish bo‘lmoqda, – deydi Marg‘ilon shahrida yashovchi 66 yoshli Hanifaxon Matkarimova. – Mening nabiram kutilmagan falokat tufayli 2017 yilda kuyib qolgan edi. O‘shandan buyon bir necha bosqichli operatsiyalarni boshidan o‘tkazdi. Bugun sakkizinchi marotaba operatsiya qilinishi. Har operatsiyadan so‘ng holati ancha yaxshilanib, kuygandan qolgan chandiqlari yo‘qolib boryapti. Shu bois poytaxtadan kelgan jarrohlarimizga, Farg‘ona viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining qo‘li yengil shifokorlariga rahmatlar aytaman.

Respublika mutaxassislari bilan hamkorlikda tashkil etilgan bu xayrli tadbirdan ehtiyojmand aholi cheksiz xursand bo‘ldi.

M. Sulaymonov, O‘zA