FOTOREPORTAJ
Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazi hududiy bo‘linmasi tashabbusi bilan o‘tkazilgan davra suhbatida Farg‘ona viloyati hokimligi, adliya boshqarmasi, NNTlar va jamoat faollari ishtirok etdi.
Tadbirda fuqarolik jamiyati institutlarining davlat boshqaruvidagi roli, jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, ochiqlik va shaffoflikni ta’minlashga qaratilgan tashabbuslar ko‘rib chiqildi. Loyiha “pastdan yuqoriga” tamoyili asosida, joylardagi NNTlar va fuqarolar takliflari asosida shakllantirayotgani ta’kidlandi.
Muhokamalarda NNTlar faoliyatini rivojlantirish, ijtimoiy sheriklikni kengaytirish, qarorlar loyihalarini ommaviy muhokama qilish va elektron platformalarni joriy etish bo‘yicha takliflar berildi.
[gallery-26398]
Tadbir yakunida konsepsiya fuqarolarning davlat boshqaruvidagi ishtiroki va huquqiy madaniyatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etishi qayd etildi.
Muqimjon QODIROV (surat), O‘zA