Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Farg‘onada 145 nafar abituriyent talabalikka qabul qilindi
16:40 / 2023-02-28

Farg‘ona viloyati prokuraturasi tomonidan 2022/2023 o‘quv yilida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Farg‘ona filialida o‘tkazilgan kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari o‘rganilib, 356 nafar abituriyentlarning haqiqatda to‘plagan ballariga soxta yozuvlar kiritish orqali yuqori ball to‘plagan abituriyentlarning talabalikka tavsiya etilmay qolinganligi aniqlangan.

Jumladan, velosport yo‘nalishida abituriyent D.Bakirovning haqiqatda to‘plagan 105,2 balli soxtalashtirilib, Davlat test markazining elektron ma’lumotlar bazasiga pasaytirilgan 67,4 ball kiritilishi  oqibatida  talabalikka  tavsiya  etilmagan. Viloyat prokuraturasi tomonidan Bosh prokuratura orqali O‘zbekiston Respublikasining Ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish Davlat komissiyasi raisiga xat kiritilib, unda idoralararo ishchi guruhi tuzilgan holda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Farg‘ona filialida o‘tkazilgan kasbiy (ijodiy) imtihon natijalarini  qayta ko‘rib chiqish va natijasi bo‘yicha taklif   kiritish   so‘ralgan.  

Shunga ko‘ra, ma’sul vazirliklarning yetuk mutaxassislaridan iborat tarkibda idoralararo ishchi guruhi tuzilib, har bir abituriyentlarning natijalari qayta ko‘rib chiqilgan va 145 nafari asossiz ravishda talabalikka qabul qilinmasdan qolganligi aniqlangan.

O‘rganish natijalari joriy yil 14 fevral kuni komissiya majlisida muhokama qilinib, yuqoridagi 145 nafar (3 nafar davlat granti va 142 nafar to‘lov - kontrakt) abituriyentlarni talabalikka tavsiya etish haqida qaror qabul qilingan. Ushbu qarorga asosan filial direktorining 16.02.2023 yildagi 10, 31 va 32-sonli buyruqlari bilan yuqoridagi 145 nafar abituriyentlar talabalikka qabul qilinib, ularning buzilgan huquqlari   tiklandi.  

Yoshlar huquqlarini buzgan filialning sobiq direktori R.Rasulov va qabul komissiyasi mas’ul kotibi M.Muhriddinovga nisbatan Jinoyat kodeksining 205-moddasi 1-qismi va boshqa moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, javobgarlikning muqarrarligi ta’minlandi.  

O‘zA