Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Farg‘onada 14 kilo giyohvandlik vositasi aniqlandi
10:34 / 2023-08-01

Joriy yilning 30 iyul kuni Farg‘ona viloyati huquq tartibot idoralari tomonidan o‘tkazilgan “Tozalash” tadbiri davomida “A-380” xalqaro avtomobil yo‘li “Toshkent-Andijon” yo‘nalishining 314 kilometrida ya’ni, Buvayda tumani “Yangi hayot” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi dala maydoniga 14 kilo “gashish” giyohvandlik vositasini ko‘mib ketilganligi aniqlandi. Hozirda viloyat huquq tartibot idoralari tomonidan mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

M.Sulaymonov, O‘zA