Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Farg‘onada 1000 dan ortiq adaptiv sport anjomlari topshirildi
16:24 / 2025-12-03

FOTOREPORTAJ

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tizimidagi muassasalar sport ob’ektlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash borasida Farg‘ona viloyatida nogironligi bo‘lgan bolalar va shaxslar uchun adaptiv sport imkoniyatlari kengaymoqda.

Davlatimiz rahbarining 2024 yil 8 noyabrda qabul qilingan “Nogironligi bo‘lgan shaxslarni sportga jalb etish orqali jismoniy reabilitatsiya qilish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida, Ijtimoiy himoya milliy agentligi Farg‘ona viloyat boshqarmasi tomonidan hududdagi ijtimoiy himoya tizimida muhim amaliy tadbirlar amalga oshirildi.

Viloyatdagi 11 ta ixtisoslashtirilgan maxsus maktab va maktab-internatlarda ta’lim olayotgan alohida ta’lim ehtiyojiga ega bolalar, shuningdek, 3 ta “Muruvvat” internat uylarida yashovchi nogironligi bo‘lgan shaxslarning adaptiv sport turlari bilan muntazam shug‘ullanishi uchun 37 turdagi jami 1008 dona sport inventarlari va jihozlari yetkazib berildi.

[gallery-26536]

Ushbu sport anjomlari 3 dekabr – Xalqaro nogironlar kuni arafasida sport murabbiylariga Ijtimoiy himoya milliy agentligi Farg‘ona viloyat boshqarmasi hamda Adaptiv sport assotsiatsiyasi Farg‘ona viloyat boshqarmasi tomonidan tantanali ravishda topshirildi.

Mazkur tashabbus nogironligi bo‘lgan bolalar va shaxslarning jismoniy rivojlanishiga, reabilitatsiya jarayonlarini jadallashtirishga hamda ularni sport orqali jamiyatga yanada faol integratsiya qilishga xizmat qiladi.

Muqimjon QODIROV (surat), O‘zA