Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Farg‘onada 10 ming AQSH dollar qalbaki chiqdi
15:31 / 2022-06-03

Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumani "Xalqobod" mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi R.G‘ tumanning Obod ko‘chasida yashovchi X.X ning ishonchiga kirib, sotmoqchi bo‘lgan “ZIL-130” rusumli yuk avtomashinasini 10 ming AQSH dollariga sotishiga yordam berishini va avtomashinasiga xaridor topganligini aytgan.

Unga mazkur xaridor bergan 10 ming AQSH dollarini bergan vaqtida ushbu pullar qalbaki ekanligi aniqlangan. Hozirda mazkur holat yuzasidan Marg‘ilon shahar IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. 

M. Sulaymonov, O‘zA