Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Farg‘ona – Yaponiya hamkorligi rivojlanmoqda
10:50 / 2025-03-24

Osaka shahrida O‘zbekiston Respublikasining Yaponiyadagi Favqulodda va muxtor elchisi Muhsinxo‘ja Abdurahmonov va Farg‘ona viloyat hokimi o‘rinbosari Xurshidjon Ahmedovlar kunchiqar mamlakatning turizm va mehmonxona sohasidagi yirik tadbirkori Noriyuki Seki bilan uchrashdi. Unda Farg‘ona viloyatida ishlab chiqarilayotgan to‘qimachilik mahsulotlari hamda quruq mevalarni Yaponiyadagi mehmonxonalar va restoranlarga yetkazib berish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Noriyuki Seki 60 dan ortiq mehmonxona, 10 dan ortiq nufuzli restoran, kafe va barlarga ega bo‘lgan yirik tadbirkordir.  

Mehmonxona va restoran biznesining Yaponiyadagi ilg‘or tajribasi hamda texnologiyalaridan Farg‘ona viloyatining turizm va mehmonxona xizmatlarini yanada rivojlantirishda foydalanish haqida ham kelishuvga erishildi.

Bunday hamkorlik Farg‘ona viloyati ishlab chiqaruvchilarining mahsulotlarini xalqaro bozorga chiqarishga yana bir imkoniyat yaratadi.  

Muhammadjon Obidov,  

O‘zA