Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Farg‘ona vodiysidagi magistral gaz quvurlari tarmog‘ida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlari qanday?
15:54 / 2023-08-16

“O‘ztransgaz” aksiyadorlik jamiyatiga qarashli 14 ta hududiy va tizim tashkilotlari mavjud. Ular tomonidan 14 ming kilometrga yaqin magistral gaz quvurlariga xizmat ko‘rsatiladi.

Ayni kunlarda jamiyat tomonidan gaz transport tizimining ishonchli va xavfsiz ishlashini ta’minlash maqsadida yangi tarmoqlar qurish, mavjudlarini rekonstruksiya hamda modernizatsiya qilish barobarida ularni kuz-qish mavsumiga tayyorlash ishlari ham qizg‘in olib borilmoqda.  

Respublika tabiiy gaz iste’molchilarining salmoqli qismini tashkil qiluvchi Farg‘ona vodiysidagi magistral gaz quvurlari tarmog‘ini kuz-qish mavsumiga tayyorlash, ishchi-xodimlari uchun munosib mehnat sharoitlarini yaratish bo‘yicha qator tadbirlar amalga oshirilmoqda.    

Farg‘ona magistral gaz quvurlari boshqarmasi boshlig‘i Mirzohid Abubakirov mavsumga taraddud ishlari haqida quyidagilarni gapirib berdi:  

– 1600 kilometrdan ortiq uzunlikdagi magistral gaz quvuri, 120 ga yaqin gaz taqsimlash stansiyasiga xizmat ko‘rsatuvchi Farg‘ona magistral gaz quvurlari boshqarmasi tomonidan kuz-qishga tayyorgarlik tadbirlari doirasida 54 banddan iborat chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan. Mazkur rejaga asosan bugungi kunda magistral gaz quvurlarini nazorat qilish, gaz taqsimlash stansiyalaridagi qurilmalarda taftish ishlari bajarildi. “Farg‘ona vodiysida tabiiy gaz iste’molini yaxshilash maqsadida 39 kilometr uzunlikdagi diametri 720 mm. “Rishton aylanmasi” qurildi. "Yangiyer-Farg‘ona” magistral gaz quvurining 289-kilometrida porshen qabul qilish uzeli kondensat jamlanmasi ta’mirlandi.  

Shuningdek, joriy yilda Farg‘ona vodiysi bo‘ylab magistral gaz quvurlari orqali tabiiy gaz tashish samaradorligini oshirish maqsadida “Rishton aylanmasi” magistral gaz quvuriga qo‘shimcha ravishda 39 kilometr uzunlikdagi diametri 720 mm. gaz quvuri qurildi. Farg‘ona vodiysining gaz tizimi yaxlit bir halqa shaklida o‘rab olingan. Ayni qismda yagona tarmoq mavjud ekani sabab mazkur gaz quvurida nosozlik yuzaga kelsa, qolgan iste’molchilar favqulodda gazsiz qolishi mumkin. Ushbu muammoning oldini olish maqsadida “Rishton aylanmasi”ni qurishga ehtiyoj sezilgan.    

Amaldagi gaz quvurida avariya holati yuz bersa, yangi tarmoq orqali iste’molchilarni barqaror tabiiy gaz ta’minlash birinchi afzallik bo‘lsa, ikkinchisi Xo‘jaobod gazni yer ostida saqlash inshootiga tabiiy gazni uzatishdir.    

Bugungi kunda Farg‘ona magistral gaz quvurlari boshqarmasida 500 nafarga yaqin ishchi-xodim mehnat qiladi. Ularga munosib mehnat sharoitlarini yaratish, jismoniy chiniqishi, faoliyatini mazmunli tashkil etish maqsadida qator qulayliklar yaratilmoqda. Xususan, boshqarmaning ma’muriy binosi qayta ta’mirlanmoqda, barcha qulayliklarga ega oshxona qad rostlamoqda.   

[gallery-13136] 

Biz ishchi-xodimlarimizning jismoniy chiniqishi uchun ham sharoitlar yaratyapmiz. Yangi qurilayotgan trenajyor zali, futbol maydonchasi kabilar bunga misol. Shu bilan birga, Farg‘ona MGQB ga qarashli Anjidon, Namangan, Farg‘ona hamda Qamchiq ta’mirlash-ekspluatatsiya punktlaridagi ishchilar istiqomat qiladigan uy-vagonlar yangilash, zamonaviy maishiy texnika jihozlari bilan ta’minlanmoqda. Bu esa ularning qulay sharoitda dam olishi va ishlashida muhim omildir.  

O‘zA muxbiri Nasiba Ziyodullayeva yozib oldi