Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Farg‘ona viloyatining barcha tuman va shaharlari hokimlari 2022 yil 1 yanvardan 15 yanvargacha ta’tilga chiqdi
08:49 / 2022-01-03

Davlat rahbari tomonidan barcha mahalliy hokimlik hamda sektor rahbarlarining mehnat ta’tiliga chiqishi va davolanishini 2 bosqichda o‘tkazish maqullandi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ta’til «Mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida»gi qonunning 21-moddasi asosida va Prezident Administratsiyasining 25 dekabrdagi topshirig‘iga asosan o‘tkazilmoqda. Viloyat hokimining o‘rinbosarlari, maslahatchilari va yordamchilari, tashkiliy-kadrlar guruhlari rahbarlari, tumanlar va shaharlar hokimlari hamda ularning o‘rinbosarlari, tuman va shaharlar sektorlari rahbarlari uchun mehnat ta’tillari tegishli muddatga belgilandi.

Birinchi bosqichda ta’tilga chiqayotgan tuman va shahar hokimlarining vazifalari vaqtinchalik hokim o‘rinbosarlari zimmasiga yuklatildi. Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bilan bog‘liq qarorlar va farmoyishlar tuman va shahar hokimi vazifalarini bajarish vaqtincha yuklangan hokim o‘rinbosarlari tomonidan tuman va shahar hokimi bilan kelishilgan holda qabul qilinadi.

Shuningdek, hokimlarga ularning o‘rinbosarlarini 2022 yil 17 yanvardan sog‘lig‘ini tiklash maqsadida mehnat ta’tiliga chiqarishni ta’minlash topshirildi.

Shahar va tuman hokimlari Tibbiyot bosh boshqarmasining 1-son va 2-son shifoxonalari, “Qibray”, Rossiyadagi O‘zbekiston va Yalta sanatoriyalarida hamda Kasaba uyushmalari Federatsiyasining “Chinobod Plaza”, “Turon” va “Oqtosh” sanatoriyalarida sog‘ligini tiklaydi. Quvasoy shahar hokimi yaqinda ish boshlagani bois ish faoliyatini davom ettirmoqda.

M. Sulaymonov, O‘zA