Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Farg‘ona viloyatiga investitsiya kiritgan davlatlar soni 43 taga yetdi
09:07 / 2022-07-15

Farg‘ona viloyatida 2022 yilning yanvar-iyun oylarida o‘zlashtirilgan xorijiy investitsiyalarning umumiy hajmi 462,8 million dollarni tashkil etdi, o‘sish ko‘rsatkichi 2021 yilning mos davriga nisbatan 2,4 barobardan ziyodga ortgan.

To‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarning umumiy investitsiya hajmidagi ulushi 80 foizgacha o‘sdi. O‘tgan 6 oy davomida viloyat iqtisodiyotiga investitsiyalar kiritish bo‘yicha Xitoy, Rossiya Federatsiyasi, Shveysariya, Janubiy Koreya, Turkiya, Germaniya, Buyuk Britaniya davlatlari yetakchilik qildi.

 Farg‘onaga investitsiya kiritgan mamlakatlarning umumiy soni 43 taga, investitsiya kiritilgan korxonalar soni 163 taga yetdi. Ko‘rib chiqilayotgan davrda sanoat, farmatsevtika, ta’lim, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash sohalari investorlar uchun eng jozibador bo‘lib qoldi. IT va innovatsion texnologiyalar sohalari ham yaxshi o‘sish dinamikasini ko‘rsatdi.  


M. Sulaymonov,  O‘zA