Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Farg‘ona viloyatida yerni xususiylashtirish boshlandi
16:58 / 2022-06-05

Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish jarayonlari boshlandi.

Bu uchun O‘zbekiston fuqarolari va yuridik shaxslar agentlikning “Yerxususiylashtirish” avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali murojaat qilishi mumkin. Odamlarga doimiy foydalanish, ijara yoki meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi asosida tegishli bo‘lgan yer uchastkalarini xususiylashtirish uchun arizalar kelib tushishi boshlangan.

Farg‘ona viloyati, Qo‘qon shahri, “Yog‘ bozori” mahalla fuqarolar yig‘ini O.Mahmudov ko‘chasi  27-uyda yashovchi fuqaro Ramz Muhamadiyevga eng birinchi davlat orderi rasmiylashtirildi. Bu order o‘ziga meros qilib qoldiriladigan, umrbod egalik qilish huquqi asosida unga tegishli bo‘lgan 271 kvadrat metr yer maydoniga mulk huquqini beradi.

N. Bozorova, O‘zA