Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Farg‘ona viloyatida xavfsizlik choralari ko‘rilmagan AGTKSH gaz ta’minotidan ajratildi
17:02 / 2024-03-02

Energetika vazirligi huzuridagi “O‘zenergoinspeksiya” Farg‘ona viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan Uchko‘prik tumanida joylashgan “F.M.S.” MCHJga qarashli avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchasida o‘rnatilgan texnologiya jarayonlarining va texnologik asbob-uskunalarning amaldagi me’yor va qoidalarga muvofiqligi, tabiiy gazni qabul qilib olish, saqlash, tarqatilishi holatlari yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi.

O‘rganish jarayonida AGTKSHlar faoliyatida aholi hayoti va sog‘lig‘iga xavf tug‘ilishi bilan bog‘liq bo‘lgan qo‘pol qoidabuzarliklar aniqlandi.  

Ushbu holat yuzasidan mutasaddilarga kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi hamda mazkur AGTKSHlar yuqoridagi kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar (10 kun muddatgacha) tabiiy gaz ta’minotidan ajratildi, deyiladi “O‘zenergoinspeksiya” axborot xizmati xabarida.  

N.Ziyodullayeva, O‘zA