English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Farg‘ona viloyatida qariyb 21 ming dona kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari olindi
11:27 / 2026-03-05

Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qo‘shinlari va Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi tomonidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamda Bojxona organlari bilan hamkorlikda Qo‘qon shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, 1983 y.t. mahalliy fuqaro boshqaruvidagi “Spark” rusumli avtomashina to‘xtatildi.

Natijada, uning salon qismida 9960 dona “Zardeks” kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olindi. 

Boshqa holatda esa qo‘shni davlatdan kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini kontrabanda qilib, Toshkent shahridagi jinoiy sheriklariga yetkazib berish bilan shug‘ullangan Quvasoy shahrida yashovchi, 1996 y.t. shaxs boshqaruvidagi “Kobalt” rusumli transport vositasi Namangan viloyatining Pop tumanida joylashgan YPX maskanida to‘xtatilib, ko‘zdan kechirildi.

Natijada, avtomashina eshiklarining ichki qismiga 8000 dona “Zardeks” va 309 gr “gashish” giyohvandlik vositalari yashirib qo‘yilganligi ma’lum bo‘ldi.

Bag‘dod tumanida qayd etilgan holatda, Qo‘qon shahrida yashovchi, 1992 y.t. shaxs boshqaruvidagi “Neksiya” rusumli avtomashinadan 1691 dona “Regapen” kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari olindi.

Farg‘ona tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa 2001 y.t. mahalliy fuqaro o‘zining 1991 y.t. jinoiy sherigi vositachiligida 1274 dona “Regapen” kuchli ta’sir qiluvchi dorilarni xaridorga 56 mln so‘mga sotgan vaqtida qo‘lga olindi.

Hozirda qonunbuzarlarga nisbatan tegishliligi bo‘yicha Jinoyat Kodeksining 2511, 246, 273-moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.