Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Farg‘ona viloyatida pilla terish boshlandi (+video)
18:28 / 2023-05-03

Farg‘onalik pillakorlar uchun quvonchli kunlar boshlandi. Pilla hosilini terishga kirishdilar. Masalan, Yozyovon tumanidagi mohir pillakor Rahmonovlar oilasi an’anaga ko‘ra, bu mavsumni birinchi bo‘lib boshlab berdilar.

– Har yili 18-20 kun deganda ko‘mamiz. Tumanda birinchi bo‘lib pilla topshirib, rejalarni bajaramiz, –deydi xonadon sohibi Azimjon Rahmonov. – O‘tgan yili 7 quti urug‘dan 430 kilo pilla topshirdik. Daromadimiz 8 yarim million so‘mdan oshdi. Bu yil esa 60 gramm urug‘ olgandik. Hosilimiz mo‘l 200 kilogrammdan ortiq pilla topshiramiz.  

Azimjon ota va Suydixon aya xonadoniga qo‘ni-qo‘shnilar yordamga chiqishdi. Hammalari hamjihatlikda pillalarni peshma-pesh terdilar. Suydixon ayaning yoshini aytmaylik. O‘g‘il-kelinlari ham allaqachon nabirali bo‘lishgan. Lekin oila boshliqlari izmidan chiqishmaydi.  

–4 ta o‘g‘lim, 4 ta kelinim bor. Ularning hammasi dadasining gapidan chiqmaydi,– deydi mohir pillakor Suydixon Rahmonova. –Pilla boqishimiz uchun vaqtida barg kesib ta’minlab turishdi.  

2022 yilda Farg‘ona viloyati paxta, g‘alla va pilladan olgan hosildorlik mamlakatdagi eng yuqori ko‘rsatkich deb tan olingan. Bu yil ham undan kam bo‘lmaydi, deydi pillakorlar.  

–Joriy yilda 41 187 quti ipak urug‘i parvarishlanib, 2389 tonna hosil olinishi kutilmoqda, - deydi Farg‘ona viloyat “Agro pilla” MCHJ bosh agronomi Farruh Mamadaliyev. –Biz 2017 yildan buyon 4 mavsumda ipak qurti boqishni yo‘lga qo‘yganmiz. Hozir birinchi mavsum yakunlanib shu kunlarda ikkinchi mavsum boshlanadi.  

Viloyatda 2017 yildan buyon pilla urug‘i import qilinmaydi. Mahalliy navlar serhosil chiqib qolgan. Faqat tutzorlar tashkil etishda Vetnam uslubini qo‘lladilar. 3700 gektar tutzorlar bo‘lib, pudratchilarga o‘n sotixdan bo‘lib berildi. Ularga katta imtiyozlar yaratilgan. Yer solig‘ini to‘lamaydilar. Oraliq ekinlari ham soliqqa tortilmaydi. Agar ular pilla qurti boqsalar bir yil ish staji hisoblanadi. 2022 yilda 97 ming ishsiz ipak qurti boqish orqali shu yo‘l bilan bandligi ta’minlandi.  

–Viloyatimizda 5 ta pillachilik klasterlari faoliyat ko‘rsatyapti, - deydi Farrux Mamadaliyev. –Ular pillani boqish uchun zarur ashyo va anjomlar bilan ta’minlaydi hamda xosilni qabul qilayotganda tarozi boshida pulini to‘laydi.  

Raxmonovlar xonadonidagi pillani navi ham hosil sifati ham yuqori baholandi. Ertakiligi esa xonadon sohiblarining siri.  

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/3o_W68Y5-V8" title="Farg‘ona viloyatida pilla terish boshlandi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>

Muallif: Muhammadjon Obidov  

Tasvirchi: Elyor Olimov