Farg‘ona viloyatida fuqarolarni IIV akademik litseyiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan firibgar aniqlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Farg‘ona viloyat boshqarmasi tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro N.U. firibgarlik yo‘li bilan daromad orttirish maqsadida fuqarolar A.B. va E.T.larni Farg‘ona shahridagi IIV akademik litseyiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga ularning 1 200 AQSH dollarini qo‘lga kiritganligi aniqlanib, tekshiruv davomida N.U. olgan pullari hisobidan 1 million so‘mni qaytarganligi protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
M. Sulaymonov, O‘zA