Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Farg‘ona viloyatida 78 ming o‘g‘il-qizga Prezident sovg‘alari topshirildi
22:44 / 2025-09-02

FOTOREPORTAJ

Farg‘ona viloyatidagi barcha maktablarda “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlari bo‘lib o‘tdi. 

Viloyat markazidagi 25-umumta’lim maktabida tashkil etilgan tantanali marosimda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov ishtirok etdi. 

Ushbu maktab O‘zbekiston Respublikasi Bojxona qo‘mitasi ko‘magida 45 milliard so‘m mablag‘ hisobidan zamonaviy ta’mirlandi. 330 o‘rinli yangi o‘quv binosi qurildi, sport zali, kutubxona va oshxona yangidan jihozlandi. 

[gallery-25137]

Ta’kidlash kerak, viloyatda hozirda 1 ming 108 ta maktabda 756 ming nafar o‘quvchi ta’lim olmoqda. Yangi o‘quv yilida 78 ming nafar o‘g‘il-qiz 1-sinfga qadam qo‘ydi. Ularga maktab sumkasi va o‘quv qurollari jamlangan Prezident sovg‘alari topshirildi.

O‘zA fotomuxbiri

Muqimjon QODIROV olgan suratlar