Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Farg‘ona viloyatida 1 ming 210 ta saylov uchastkasi tuzildi
15:07 / 2024-08-22

Farg‘ona viloyati Hududiy saylov komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda saylov uchastkalarini tuzish, ularning tartib raqamini, chegaralarini va manzilini ko‘rsatgan holda e’lon qilish masalasi ko‘rib chiqildi.

Yig‘ilishni hududiy saylov komissiyasi raisi Erkinjon Nuraliyev boshqardi.  

Ma’lumki, Saylov kodeksining 20-moddasida hududiy saylov komissiyasiga saylov uchastkalarini tuzish, okrug bo‘yicha ularning tartib raqamini belgilash, manzilini ko‘rsatgan holda ro‘yxatini e’lon qilish, saylov uchastkalarining joylashgan yeri haqida saylovchilarni xabardor etish vakolati yuklatilgan.  

Saylov uchastkalari tuman, shahar hokimliklarining taqdimnomasiga binoan hududiy saylov komissiyalari tomonidan besh yil muddatga, saylovga kamida oltmish kun qolganida, qoida tariqasida, saylovchilar soni kamida yigirma nafardan va ko‘pi bilan uch ming nafardan oshmagan holda tuziladi.  

Joriy yilning 16-17 avgust kunlari tuman, shahar hokimliklari tomonidan saylov uchastkalarini tuzish, ularning tartib raqamini, chegaralarini va manzilini ko‘rsatgan holda e’lon qilish to‘g‘risidagi taqdimnomalar “E-saylov” axborot tizimi orqali kelib tushdi. Hududiy saylov komissiyasida murojaatlar ro‘yxatga olindi va Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda mahalliy Kengashlar deputatlari saylov bo‘yicha saylov uchastkalariga oid hujjatlar o‘rganib chiqildi.  

[gallery-18841]

Taqdim etilgan hujjatlarda kamchiliklar va saylov uchastkalarini tuzish, ularning tartib raqamini, chegaralarini va manzilini ko‘rsatgan holda e’lon qilishga monelik ko‘rsatadigan holatlar aniqlanmadi.   

Shunga ko‘ra, yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi MSKning joriy yil 5 iyundagi qarori bilan tasdiqlangan “Saylov okruglari va uchastkalarini tuzish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq tuman, shahar hokimliklari tomonidan taqdim etilgan hujjatlarga asosan Farg‘ona viloyati Hududiy saylov komissiyasi tomonidan 1 ming 210 ta saylov uchastkasini tuzish, ularning tartib raqamini, chegaralarini va manzilini ko‘rsatgan holda e’lon qilish bo‘yicha qaror qabul qilindi.  

Muqimjon QODIROV (surat), O‘zA