Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Farg‘ona viloyati tarmoq kasaba uyushmasi boshlang‘ich tashkilotlari faollari bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
09:31 / 2022-11-07

O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi raisi F.Xanapiyayev Farg‘ona viloyati tarmoq kasaba uyushmasi boshlang‘ich tashkilotlari faollari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

Tadbirni O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasining Farg‘ona viloyati Kengashi raisi Shohidaxon Karimova ochib, so‘zni O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi raisi Farhodjon Xanapiyayevga berdi.

Ma’ruzachi yig‘ilganlarni 11 noyabr – Kasaba uyushmalari kuni hamda shu kunlarda nishonlanayotgan Tibbiyot xodimlari kuni bayramlari bilan tabriklab, sohada uzoq yillar samarali mehnat qilib, xodimlarni mehnatga oid huquq va manfaatlarini himoya qilishdagi samarali xizmatlari, yurtimizda Sog‘liqni saqlash tizimida olib borilayotgan islohotlarda faol ishtirok etayotgan bir guruh xodimlarni Respublika Kengashining tashakkurnomasi va esdalik sovg‘alari bilan taqdirladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan kasaba uyushmalariga berilayotgan e’tibor va ishonch to‘g‘risida F.Xanapiyayev gapirib, kasaba uyushmasi faollari bu ishonchni oqlash, xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquqlarini va manfaatlarini ifoda etish va himoya qilishlari uchun kasaba uyushmalari to‘g‘risidagi qonun prinsiplariga qat’iy amal qilgan holda ishlash kerakligini ta’kidladi.

Hozirgi kunda Kasaba uyushmalari faoliyatining ifoda mexanizmi qoniqarli darajada ishlayotganligi, lekin himoya mexanizmida qilinishi kerak bo‘lgan ishlar hali juda ko‘pligi aytib o‘tildi. Shuningdek, Kasaba uyushmalari faoliyati samaradorligini oshirish, ta’sir doirasini kengaytirish maqsadida 14 ta tarmoq kasaba uyushmalari ichida birinchi bo‘lib, Respublika Kengashining mehnat inspeksiyasi tashkil qilinganligi va 2021 yilning o‘zida inspeksiya tomonidan 18 mlrd. so‘mdan ziyod mablag‘ undirilib, xodimlarning buzilgan huquqlari tiklanishga erishilganligi hamda mazkur mablag‘larni aksariyat qismini sud tartibida undirilganligiga alohida to‘xtalib o‘tdi.

Tadbir so‘ngida kasaba uyushmasi tomonidan 4 nafar hamkasbi bilan birgalikda haq-huquqlari himoya qilinib, 10 mln. 720 ming so‘mdan haqlari undirib berilgan Farg‘ona viloyati Qon quyish stansiyasi xodimlari G.Qoratoyeva va boshqalar F.Xanapiyayevga va mehnat inspektorlariga o‘z minnatdorchiliklarini bildirdilar.

 

 Shohsulton To‘xtamatov